Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI OʻTKAZILDI

     Urganch tumandagi 43-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida tuman hokimi G.Sultanovning navbatdagi fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi. Unda idora-tashkilot rahbarlari va fuqarolar ishtirok  qildilar.


     Qabul davomida 18 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi va shu kunning oʻzida 5 ta murojaat oʻz yechimini topdi. Shuningdek, 4 nafar fuqaroga murojaati yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. 
      Qabulda uy-joy bilan taʼminlash, kredit ajratish, moddiy yordam tayinlash, tomorqa yerlarini qaytarib olish singari masalalar yuzasidan  qilingan murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi. Muddat talab qiladigan 9 ta murojaat asosida tegishli tashkilot rahbarlariga  topshiriqlar berilib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.