Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

PRESS-TUR

   Azaldan koʻchat ekib, bogʻ yaratish xalqimizga xos ezgu amal hisoblangan. Shu bois davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimiz boʻylab amalga oshirilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Urganch tumanida ham hudud iqlim sharoitiga mos boʻlgan koʻchatlar ekish ishlari qizgʻin tashkil etilmoqda.

   Joriy yilning 4-noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi hamda Urganch tumani hokimligi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston uchun. Yashil makonda birga yashaylik!” shiori ostida Urganch tumanining Oq maktab mahallasi hududida tashkil qilingan ko‘chat ekish tadbiri hamda “Kuzgi koʻchat ekish mavsumi” mavzusida press-tur tashkil qilindi.

   Tadbir davomida viloyatda faoliyat olib borayotgan OAV vakillari, matbuot kotiblari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdilar.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.