Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

     Payshanba-huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni

     Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash maqsadida har haftaning payshanba kuni joylarda profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda. Bugun Urganch tumanida tashkil qilingan tadbirda sektor rahbarlari, tumanda faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda tuman hokimi G.Sultanov soʻzga chiqib, huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini oʻrganish va bunga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish xususida toʻxtaldi.

     Aholi tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, huquqbuzarliklarga qarshi kurashda faol ishtirok etib kelayotgan ichki ishlar tizimining bir guruh xodimlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari raisi va yoshlar yetakchilari munosib taqdirlandilar. “Mening mahallamda jinoyat sodir boʻlmasligi kerak”  shiori ostida huquq-tartibot idoralari, mahalla faollari hamkorligida amalga oshirilayotgan ushbu saʼy-harakatlar  tumanni jinoyatchilik va huquqbuzarliklardan xoli hududga aylantirishga xizmat qiladi.

 Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.