Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

Rasmiy munosabat

   Joriy yilning 27 mart kuni Ijtimoiy tarmoqlar orqali tumandagi Hilol mahallasida 4500 m ichki yoʻllar qayta taʼmirlangani ammo mahalladagi Alpomish va Ustachilar koʻchalari tutashgan joyidan aholi tomorqa yerlariga oqava suv quvuri oʻtkazish uchun qazish ishlari olib borilganligi va yoʻllar abgor holatga kelganligi toʻgʻrisida murojaat qilingan edi.

Holat tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan oʻrganildi. Oʻrganish natijasida mahalla fuqarolar yigʻini raisi,  profilaktika inspektori ogohlantirilganligi, haqiqatdan ham fuqarolar tomonidan oqava suv quvuri tashalib, qazish ishlari olib borilganligi aniqlandi. Hozirgi paytda qazish ishlari olib borilgan koʻchaning yoʻl qoplamalari oldingi holatga qaytarib qoʻyilganligi maʼlum boʻldi. Masʼul xodimlar tomonidan bundan keyin bu koʻrinishdagi holatlarni qayta takror qilmasligi borasida tushuntirish ishlari olib borildi. Urganch tuman obodonlashtirish boshqarmasi ichki yoʻlni oldingi holatiga keltirib qoʻyilganligi uchun aholiga nisbatan eʼtirozi yoʻqligini maʼlum qildi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati