Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch tumani, Orzu mahallasidan o‘tgan ko‘prik tagidan "Kanalizatsiya" suvi Shovot kanaliga qo‘shilib ketgan, “Bu nima axvol, bunga xech kim qaramaydimi” nomli maqola e`lon qilingan edi.

Ushbu xolat yuzasidan "Xorazm suv taminoti" MChJ Urganch tuman bo`limi xodimlaridan iborat ishchi guruh joyiga chiqib o`rganilganda, ushbu ko`prik tagidan o`tgan ichimlik suv quvuridan va chiqindi quvurlarida nosozliklar borligi aniqlandi va quvurlardagi  nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf qilinib foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, quvurlarda  ta’mirlash ishlariga zaruriyat mavjudligi sababli qo’shimcha ta’mirlash ishlari olib borilishi yo`lga qo`yilgan.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.