Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

Rasmiy munosabat 

 

      Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Urganch tumanidagi zavoddan chiqayotgan tutunlarga qarang, bu hayot uchun xavfli emasmi?” sarlavhasida tarqalgan video murojaat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi Urganch tuman boʻlimi tomonidan Urganch tumani, Hidoyat mahallasi hududida joylashgan Jayxun yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi hududida oʻrganish ishlari olib borildi. Kuzatuv jarayonida Jayxun yoʻllardan foydalanish unitar korxonasiga qarashli boʻlgan Speco markali asfalt-beton ishlab chiqarish sexi bugungi kunda  ish faoliyatida emasligi va ushbu sexda mavjud havo tozalash uskunasida texnik taʼmirlash ishlari yaʼni havo tozalash uskunasidagi filtrlarni almashtirish jarayonida toʻplanib qolgan katta miqdordagi changning qisqa vaqt mobaynida atmosfera havosiga koʻtarilganligi aniqlandi. 
    Bugungi kunda mazkur havo tozalash uskunasidagi mavjud filtrlar tozalanib asfalt-beton ishlab chiqarish sexida joriy taʼmirlash ishlari yakunlangan.
    Kelgusida bu kabi noxush holatlarini oldini olish yuzasidan “Jayxun yoʻllardan Unitar korxonasi” masʼul xodimlariga ishlab chiqarish jarayonda belgilangan meʼyoriy hujjatlari asosida amalga oshirish yuzasidan zaruriy topshiriqlar va koʻrsatmalar berildi.

  Urganch tumani hokimligi axborot xizmati