Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

Rasmiy munosabat

 

     Internet tarmoqlari orqali "Tarixni eʼzozlamaydigan tuman" sarlavhali videomurojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz. Murojaat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borish jarayonida Urganch tumani axborot-kutubxona markazida xona yetishmovchiligi sababli ayrim kitoblar foydalanilmay turgan zinapoyaga joylashtirilganligi maʼlum boʻldi.

     Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi "Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi PQ 4354-sonli qaroriga asosan tumanning aholi zich joylashgan chekka hududlarida Bekobod madaniyat markazida, Cholish madaniyat markazida, Hilol, Boʻston, Baqaylar mahallalarida tuman axborot-kutubxona markazining koʻchma kutubxonalari tashkil etilgan boʻlib, hozirda Urganch tumani axborot-kutubxona markazida ikki va undan ortiq nusxada boʻlgan kitoblar markazining koʻchma kutubxonalariga tarqatilgan.

     Shuningdek Urganch tumani hokimligi tomonidan tumanda 2024-yilda tuman madaniyat va maʼnaviyat markazi, axborot-kutubxona markazlari uchun yangi bino qurilishi takliflar berilgan boʻlib, yuqorida koʻrsatilgan takliflar tasdiqlangandan keyin axborot-kutubxona markazi yangi binoda faoliyati yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.

  Urganch tumani hokimligi axborot xizmati