Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 RASMIY MUNOSABAT

     Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali Urganch tumanidagi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan sayyor qabul reja-grafik asosida o‘tkazilishi belgilangan joyda o‘tkazilmaganidan norozi bo‘lib yo‘llangan videomurojaat yuzasidan quyidagilarini ma’lum qilamiz.

     Oq yop mahallasidagi 10-son umumta’lim maktabida joriy yilning 7-aprel t.me/Urganch_tuman_news/15277 va 16-iyun kunlari t.me/Urganch_tuman_news/15992 Urganch tumani hokimi – 1-sektor rahbari G.Sultanovning sayyor qabuli o‘tkazilganligini, 2023-yilning 30-iyun kuni Yuqoriovul mahallasidagi 48-sonli umumta’lim maktabi binosida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tuman hokimining sayyor qabuli “Qurbon hayit” bayrami munosabati bilan o‘tkazilmay qolingani hamda ushbu hududdagi fuqarolarning murojaatlari soni oshib borayotganligi sababli, Yuqoriovul mahallasidagi 48-sonli umumta’lim maktabi binosida o‘tkazilganligini ma’lum qilamiz.

      Shuningdek, bugungi noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘ragan holda kelgusida bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik e’tiborga olinishini ta’kidlab o‘tamiz.

 Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.