Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

Rasmiy munosabat

     Ijtimoiy tarmoqlarda "Urganch tumanidagi poligondan tarqalayotgan hiddan mahalla aziyat chekmoqda" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi tomondan o'rganish ishlari olib borildi.

     Mazkur o'rganish davomida Urganch tumanidagi «Gʼaybu» qishlogʼida joylashgan «Urganch Avto Eko Trans» MCHJga qarashli qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirishga mo'ljallangan poligon havoning isishi natijasida yonish holati yuzaga kelgan.

     Holat yuzasidan «Urganch Avto Eko Trans» MCHJ  maxsus texnikalari hamda ishchi xodimlari yordamida markaziy chiqindi poligonida rekultivatsiya (tuproq bilan ko'mish) qilish ishlari olib borildi.

      Yuqoridagi kabi salbiy holatlarni oldini olish maqsadida jamiyatning mutasaddi xodimlari ogohlantirilib, tushuntirish ishlari olib borildi.