Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

Rasmiy munosabat
Joriy yilining 26 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Urganch tumani Oyoq bog‘ mahallasi, Jo‘shqin ko‘chasidagi ichki yo‘lning ta’mirtalabligi hamda oqar suv ariqlari ko‘milib qolgani to‘g‘risida vidoemurojaat yo‘llangan edi.
Holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz: Oyoq bog‘ mahallasi, Jo‘shqin ko‘chasidagi ichki yo‘lning ta’mirtalab qismini asfalt qilish ishlari boshlab yuborilganligi hamda qisqa muddat ichida ta’mirlash ishlari yakunlanib foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Shuningdek Jo‘shqin ko‘chasidagi ichki yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilaytganligi sababli oqar suv ariqlari vaqtincha ko‘milib qolgani va ta’mirlash ishlari yakunlangach ariq oldingi holga qaytarilib, muammo bartaraf etilishini ma’lum qilamiz.