Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

Rasmiy munosabat

     Urganch tumani Sholikorlar mahallasida yashovchi fuqaro O.Xadjiyev 2008-yilda Rossiya federatsiyasida ishlab yurgan davrida yiqilib tushishi oqibatida umurtqa suyagi qattiq shikast yeganligi sababli bugungi kunda ishga layoqatsiz bo'lib qolishi va moddiy yordamga muhtojligi toʻgʻrisida ijtimoiy tarmoq orqali murojaat yoʻllagan edi. Holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:                                                                                                                                                               Sholikorlar mahallasida  yashovchi Xadjiyev Ozimjon hozirgi kunda yolgʻiz yashaydi, 2-guruh nogironi, gepatit serrozi bilan kasallangan, hozirgi kunda yordamga muhtojligi aniqlandi.
Bugungi kunda Ijtimoiy himoya yagona reyestriga  ariza bilan murojaat qilgan.
Fuqaro oilaviy ahvolini oʻrganib chiqib, " Temir daftar"ga kiritishni soʻrab murojaat qilgan.
Fuqaro Xadjiyev Ozimboyning qilgan  murojaati koʻrib chiqilib, hozirda "Temir daftar"ga kiritish va moddiy yordam berish choralari koʻrilayotganligini maʼlum qilamiz.