Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

Rasmiy munosabat

      Ijtimoiy tarmoqlar orqali yoʻllangan videomurojaatda Urganch tumani, Yoshlik mahallasida noqonuniy qurilish ishlari boshlab yuborilganligi aks etgan edi. Murojaat yuzasidan tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi. Holat yuzasidan, Urganch tumani hokimining 30.09.2019-yildagi 6061q-sonli qaroriga asosan, fuqaro X.Sharipovga Urganch tumani, Qorovul qishlogʻi hududidan “Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shahobchasi” qurish uchun 600,0 kv.metr yer maydoni ajratilgan. Ushbu ajratilgan yer maydoniga Xorazm viloyati yer tuzish va koʻchmas mulk davlat kadastri Urganch tumani filiali tomonidan 10.12.2020-yilda YK-1733217/442166-son bilan yer uchastkasiga kadastr pasporti shakllantirilgan va kadastr yigʻma jildi tayyorlab berilganligi aniqlandi. Shuningdek, qaror asosida “Savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi” binosini loyihalashtirish uchun viloyat qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 15.12.2020-yilda 1733-1733217-7420-sonli arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi tayyorlab berilgan va “EAST DESIGN GROUP” xususiy korxonasi tomonidan ishlab chiqish loyiha-smeta hujjatlari arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 05.05.2022-yildagi 43311-sonli xulosasi bilan kelishilganligi aniqlandi.

      Shuningdek, Urganch tuman hokimining 09.12.2020-yildagi 3122q-sonli qaroriga asosan “Suroj Qurilish Servis” MChJga Urganch tumani, Qorovul qishlogʻi hududidan "Koʻp qavatli koʻp xonadonli turar joy” binosi qurish uchun 2500,0 kv.metr yer maydoni ajratilgan. Ushbu qaror asosida “Koʻp qavatli koʻp xonadonli turar joy” binosini loyihalashtirish uchun viloyat qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 30.04.2021-yilda 1733-1733217-18645-sonli arxitektura rejalashtirish topshirigʻi tayyorlab berilganligi, “LOYIHA QURILISH LYUKS” xususiy korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 17.09.2021-yildagi 27097-sonli xulosasi bilan kelishilganligi maʼlum boʻldi.
      Hozirgi kunda  “Suroj Qurilish Servis” MChJga Urganch tumani, Qorovul qishlogʻi hududidan  09.12.2020-yildagi 3122q-sonli yer maydoni ajratilishi to'g'risidagi qarorini bekor qilish boʻyicha sud organlariga davo ariza kiritilishini ma'lum qilamiz.