Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

  RASMIY MUNOSABAT

     Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali  “VAQT O’TMOQDA, MUAMMO O’SHA-O’SHA” sarlavhali murojaat tarqalgan edi murojaatda  “Haqiqat yo’lida” kanali orqali Urganch tumani, Hilol mahallasida ilib qoʻyilgan reklama peshlavhalari tartibga solinmagani to‘g‘risidagi murojaatga yuzaki qaralgani  ta’kidlab o‘tilgan edi, holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

     2023-yilning 9-sentabrning 10-sentyabirga o‘tar kechasi soat 00:45 da “Haqiqat yo’lida” kanali orqali Urganch tumani, Hilol mahallasida ilib qoʻyilgan reklama peshlavhalari tartibga solinishi nazoratga olinishi kerakligi to‘g‘risida murojaat yo‘llangan edi. 2023-yilning 10-sentabr kuni Urganch tumani hokimligi tomonidan  targʻibot va nazorat ishlari tumandagi 60 ta mahallalarda reja asosida amalga oshirilishi to‘g‘risida  rasmiy munosabat https://t.me/Urganch_tuman_news/16696 bildirilgan.

     Shuningdek, 2023-yilning 12-sentabr kuni Murojaatda ko‘rsatilgan mahallada ilib qo‘yilgan reklama peshlavhalari tartibga solish borasida targʻibot va nazorat ishlari olib borilgani to‘g‘risida https://t.me/Urganch_tuman_news/16716 qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tilganligini ma’lum qilamiz.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.