Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

RASMIY MUNOSABAT

      Joriy yilning 3 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali 2019-yilning yanvar oyida “Sa’dulla Axmad Abdulla” nomli fermer xo‘jaligiga qarashli bo‘lgan jami 30.8 gektar bo‘lgan ekin yer maydonini zahiraga qaytarish haqida tuman hokimining qarori chiqarilgani, hozirda ushbu yer maydoni “Do‘rman-21” nomli fermer xo‘jaligi hamda “Xorazm Pilla Xolding” MChJga qo‘shib berilgani, ushbu yerlarni qaytarib berishda amaliy yordam berishni so‘ragansiz video murojaat tarqalgan edi.

      O‘rganish davomida, Urganch tumani Do‘rman hududidagi “Sa’dulla Ahmad Abdulla” nomli fermer xo‘jaligiga paxta-g‘allachilik yo‘nalishida uzoq muddatli ijaraga ajratib berilgan 58,59k,63,65,66,68,69-konturlardagi umumiy yer maydoni 30,8 gektar, shundan 27,2 gektar ekin yeri, 3,1 gektar suv yo‘li, 0,5 gektar yo‘llardan iborat yer maydonlarini tuman hokimligi zahira yer hisobiga qaytarish va tuman hokimi bilan tuzilgan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasini bekor qilish haqida tuman hokimining 22.01.2019-yildagi 437/1-sonli qarori rasmiylashtirilgani, viroq, “Sa’dulla Ahmad Abdulla” nomli fermer xo‘jaligi bilan tuman hokimligi o‘rtasida yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi tuzilmaganligi aniqlandi.

      Bundan tashqari, Siz tuman hokimining 22.01.2019-yildagi 437/1-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘rab, Urganch tumanlararo ma’muriy sudiga murojaat qilganingizda, sudning 14.08.2023-yildagi hal qiluv qaroriga asosan, arizangiz qanoatlantirilmasdan rad etilgan.

      Shuningdek, “XORAZM PILLA HOLDING” MChJ ga tuman hokimining 04.11.2019-yildagi 6455q-sonli qaroriga asosan, Urganch tumani Yuqorido‘rman qishlog‘i Do‘rman massividagi 58,59,63,64,65,66,67,68k,69q, konturlardan jami    32,5 gektar, shundan 30,0 gektar ekin yeri, 2,1 gektar suv osti yerlaridan 0,4 gektar yo‘l va yo‘laklardan iborat yer maydonlari uzoq muddatli ijaraga ajratib berilganligi ma’lum bo‘ldi.    

      Davlat kadastrlar palatasi Urganch tuman bo‘limining 13.03.2023-yildagi     372-sonli xatiga muvofiq, Urganch tumani Yuqorido‘rman qishlog‘i “Do‘rman” massivi qishloq xo‘jaligi yer xaritasining 58,63,64,65,66,67-konturlardagi yer maydonlari tuman hokimining 07.06.2021-yildagi 1411k-sonli qaroriga asosan, “Kamron Dilmurod” fermer xo‘jaligiga ajratilib, yerga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani, tuman hokimligi bilan “XORAZM PILLA HOLDING” MChJ o‘rtasida yer ijara shartnomasi  tuzilmaganligi qayd etilgan.

      Joriy yilning 5 sentyabr kuni qishloq xo‘jaligi mutaxassislari tomonidan “Sa’dulla Ahmad Abdulla” nomli fermer xo‘jaligiga qarashli bo‘lgan yer maydonidan samarali foydalanish holati o‘rganilganda “Xorazm Pilla Xolding” MChJ tomonidan 30 gektar yerning 8,5 gektarga paxta, 1-gektar yerga sabzi, 4,2 gektar yerga poliz,    8,3 gektar yerga tut ko‘chatlari, 3,5 gektar yerga tutzor, 4,5 gektarga sabzovot, poliz va qovoq ekinlari ekilib, foydalanib kelinayotgani haqida dalolatnoma  rasmiylashtirilgan.

      Biroq, o‘‘rganish natijalari bo‘yicha tuman hokimining 04.11.2019-yildagi 6455-q sonli qaroriga asosan, “XORAZM PILLA HOLDING” MChJ ga Urganch tumani Yuqorido‘rman qishlog‘i Do‘rman massividagi 58,59,63,64,65,66,67,68k,69q, - konturlardan jami 32,5 gektar, shundan 30,0 gektar ekin yeri, 2,1 gektar suv osti yerlaridan 0,4 gektar yo‘l va yo‘laklardan iborat ajratilgan yer maydonlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi hamda “XORAZM PILLA HOLDING” MChJ bilan   tuman hokimligi o‘rtasida yer ijara shartnomasi tuzilmaganligi aniqlangani ma’lum qilinadi.