Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

RASMIY MUNOSABAT

Urganch tumani, Hilol mahallasida ilib qoʻyilgan reklama peshlavhalari tartibga solinmagani toʻgʻrisidaga ma'lumot ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqaldi. Holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Tumanimizda bu masalada yetarlicha ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 31-avgust kuni imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 428-sonli qarori targ‘iboti olib borilayotgani, birgina shu yil davomida 200 ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalaridagi axborot belgilari va tashqi reklama vositalarining yozuvlari O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili to‘g‘rida"gi va "Reklama to‘g‘risida"gi qonunlar talablariga mosligi o‘rganilib, muvofiq kelmagan 108 ta tashqi reklama vositalari oldirib tashlanayotganini ma'lum qilamiz.

      Ushbu targʻibot va nazorat ishlari tumandagi 60 ta mahallalarda reja asosida amalga oshiriladi. Hilol mahallasida joriy yilning to‘rtinchi choragida nazorat ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.