Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

RASMIY MUNOSABAT

      Ijtimoiy tarmoqda Urganch tumani Sholikor mahallasida tabiiy gaz bosimi pasaygani yuzasidan qilingan murojaat “Urganchtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

 

      O’rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan gaz quvuri quruvchilar tomonidan yangidan qurilgan xonadonlar oldida shahrsozlik norma talablari buzilgan xolda yer ostiga ko‘milib, beton yo‘lak ostida qolganligi ma’lum bo‘ldi. Bugungi kunda “Urganchtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan gaz quvurini beton ostida qolgan qismini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari bajarilmoqda. Yuqorida ko‘rsatilgan xolatlar to‘liq bartaraf qilingandan keyin batafsil ma’lumot taqdim etamiz. 

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati