Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

URGANCH TUMANIDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ 15  NAFAR XOTIN-QIZLAR VA FARZANDLARIGA REABILITATSIYA VOSITALARI TARQATILDI

      Eng ulug‘ bayramimiz arafasida Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi bosh yuriskonsulti  I.Kutlimuratov, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi N.Asqarov, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Masharipova, Urganch tumani hokimi G.Sultonovlar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj 7 nafar fuqarolarga nogironlik aravachalari va 8 nafar fuqarolarga eshitish moslamalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

      Ushbu reabilitatsiya vositalari Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan ajratilgan bo‘lib, imkoniyati cheklangan xotin-qizlar o‘zlariga bildirilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

  Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.