Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

Ijtimoiy tarmoqlarda gaz quyish shaxobchasida sustkashliklarga yo’l qo’yilmoqda mazmunida chiqqan videomurojaat Urganch tuman gaz ta’minoti bo’limi ishchi guruhi tomonidan tezkorlik bilan joyiga borib o’rganildi. 


Maishiy iste’mol uchun aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishi munosabati bilan Urganch tumani “Yuqoriovul” mahallasida joylashgan 2-son gaz tarqatish shaxobchasi faoliyati tugatilgan.
Gaz yetkazib berishning avtomatlashtirilgan tizimi quyidagicha yuritiladi:
Suyultirilgan gaz iste’molchilaridan maishiy gaz ballonlari aylanma usulda xonadonma-xonadon yig’ib olinadi va gaz quyish uchun gaz to‘ldirish shoxobchasiga olib kelinadi. Aholidan yig‘ilib, suyultirilgan gaz to‘ldirish uchun olib kelingan maishiy gaz ballonlari avvalo, og’ir qoldiqlari to’kilib, so‘ng gaz bilan to‘ldiriladi.  
 Gaz to‘ldirish shoxobchasi xodimlari tomonidan maishiy gaz ballonlardagi bar kodli yorliqlar yordamida olingan gaz ballonlari maxsus bazaga yuklanadi. Chilangar o‘zi qabul qilib olgan to‘ldirilgan gaz ballonlarini har bir iste’molchiga bar kod va ID karta yordamida topshiradi. 


Bugungi kunda Urganch tumani Yuqoriovul mahallasida 599 ta xonadon maishiy gaz ballonlaridan foydalanib keladi. Mahalla aholisi gaz balloni bilan to’liq ta’minlangan. Mahalla ahliga suyultirilgan gaz ballonlari belgilangan muddatda, maxsus avtotransportlar va nazorat tarozilari orqali aylanma usulda xonadonma-xonadon yetkazib berilmoqda. Yil boshidan beri mahallaga 6,48  tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan bo’lib, amalda 6.62 tonna yetkazib berilganini ma’lum qilamiz.