Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

                   Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Xorazm viloyat hokimi 1-sektor rahbari qabuliga borgan murojaatchini mahalladagi xotin-qizlar faollari qo‘rqizish bilan ovvora” sarlavhali videomurojaat tarqaldi. Unga ko‘ra, Urganch tumani “O‘rta Do‘rman” mahallasi, Qushchilar ko‘chasi, 5-uyda yashovchi N.Vaisovaga nisbatan mazkur mahallaning xotin-qizlar faoli qo‘pol muomalada bo‘lgan. Ushbu murojaat yuzasidan Xorazm viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi axborot xizmati quyidagilarni maʼlum qiladi:

         Urganch tumani “O‘rta Do‘rman” mahallasi, Qushchilar ko‘chasi 5-uyda yashovchi N.Vaisova joriy yilning 20 yanvar sanasida “O‘rta do‘rman” mahalla fuqarolar yig‘ini binosiga mahalla raisi D.Jumaniyozovni so‘rab boradi. Masʼul hodimlar mahalla raisi ayni damda yo‘qligini maʼlum qilib, qanday masalada kelganligini so‘raydi. 500 kilogramm ko‘mir bilan taʼminlangan fuqaro N.Vaisova bu borada yana ehtiyoji mavjudligini bildiradi. Mahalla xotin-qizlar faoli N.Farhodova vaziyatga to‘g‘ri yondoshmasdan, murojaati yuzasidan fuqaroga aniq va batafsil maʼlumot berish o‘rniga o‘z fikrini noto‘g‘ri talqin qilib, qo‘pol muomalada bo‘ladi. Fuqaro N.Vaisovaning oila aʼzolari 8 nafar kishidan iborat bo’lib, 1 nafar nogironligi bo‘lgan farzandi bor. N.Vaisova 3-bosqich “Ayollar daftari” ro‘yhatining 6-toifasi “Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar” toifasida turadi. “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2022 yilda bir martalik moddiy yordam puli ajratilgan. (Quyida tegishli hujjatlar ilova qilinadi). Shuningdek, Urganch tumani hokimligi tomonidan tegishli tartibda 3 million so‘m miqdorida pul mablag‘lari ajratilgan.

    "O‘rta Do‘rman" mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan fuqaro N.Vaisovaga tegishli tartibda yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda. (Tegishli hujjatlar quyida ilova qilinadi). Fuqaroning o‘z arizasi hamda Urganch tumani hokimi yordamchisi tavsiyasiga asosan N.Vaisovaga O‘zbekiston Respubikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida davlat xaridlarini o‘tkazgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 11-maydagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston  Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risida" gi nizomda belgilangan mablag‘lar miqdorlari doirasida asbob-uskuna va mehnat qurollari xarid qilish belgilangan. Fuqaro N.Vaisovaga qo‘pol muomalada bo‘lganligi uchun “O‘rta do‘rman” mahalla fuqarolar yig‘inining mahalla xotin-qizlar faoli  N.Farhodovaga nisbatan Mehnat kodeksiga binoan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.