Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

    Bugun Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining yetmish sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari idora-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda OAV hodimlari ishtirok etdilar.

 Sessiya kun tartibida:

  1. Masharipovani xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etish to‘g‘risida.

 

  1. Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlash to‘g‘risida.

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ408-sonli Qarorning ijrosi hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

 

  1. Tuman mahalliy byudjetining 2023-yil 2-chorak orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

 

  1. Tumanda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilgan ishlari to‘g‘risida.

 

  1. 4-bosqich “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni ro‘yxatdan chiqarish va qaytadan ro‘yxat shakllantirish bo‘yicha

 

  1. Joriy yilning 2-chorak yakuni bo‘yicha tuman xalq qabulxonasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda mahallalarga biriktirilgan “Shoxidonlar, G‘alaba, Uyshin, Yuqoriovul” mahallasi hokim yordamchilarining faoliyatini o‘rganish yuzasidan.

 

  1. Urganch tumanida 2023-yilning o‘tgan 6 oyi davomida aholi salomatligini mustahkamlash, birlamchi tibbiy sanitariya muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

 

   Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot hodimlarining hisobotlari va axborotlar tinglandi shundan so‘ng deputatlar fikr hamda muloxazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.

   Shuningdek, bugungi bo‘lib o‘tgan tuman Kengashining yetmish yettinchi sessiyasi tuman hokimligining "Facebook"dagi rasmiy sahifasi orqali jonli tarzda yoritilib borildi: https://fb.watch/m0pwNwuNw-/?mibextid=Nif5oz

 Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.