Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.

     Bugun Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining saksoninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari idora-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibida:

     Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Dasturlari ijrosi, shu jumladan ajratilgan kreditlar samaradorligini ta’minlash borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholi daromadlarini oshirish, kambag‘al oilalarning ro‘yxatini qaytadan shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

     Urganch tumani mahalliy budjetining 2023-yil 3-chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish hamda Jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” portali orqali 2023 yil         2-mavsumida oʻtkazilgan tashabbusli budjet jarayonida eng koʻp ovoz toʻplab, gʻolib boʻlgan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mablagʻ ajratish to‘g‘risida.

     Urganch tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, bo‘sh turgan, zahiradagi va kelgusida zahiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish bo‘yicha tayyorlangan loyihalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash hamda Urganch tumanidagi “Bog‘i jannat Dilorom”,“Yuksak oltin diyor” MChJ, va “Agro luks tasol” fermer xo‘jaligi yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yuzasidan sudga da’vo ariza kiritish to‘g‘risida.

     Joriy yilning 1-yarim yilligida jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tumani sudida sudlov faoliyati bo‘yicha olib borilgan ishlari to‘g‘risida.

     Urganch tumani xalq qabulxonasi tomonidan mahallalarga biriktirilgan mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tumandagi “Sholikorlar”, “Bobodehqon”, “Boqaylar”, “Qiyot” mahallasi hokim yordamchilarining faoliyatini o‘rganish yuzasidan.

     Urganch tumani Ichki ishlari bo‘limi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida.

     Urganch tumani Adliya bo‘limi tomonidan 2023 yilning 3-choragi davomida olib borilgan ishlari to‘g‘risida.

     Urganch tumani Yo‘l harakati havfsizligi bo‘limi tomonidan O‘zR Prezidentning 04.04.2022 yildagi PQ190 hamda 12.07.2022 yildagi PQ316-sonli qaror ijrosi bo‘yicha olib borilgan ishlari to‘g‘risida.

     Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Urganch tuman bo‘limi tomonidan tumanda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

 

     Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot hodimlarining hisobotlari va axborotlar tinglandi. Shundan so‘ng deputatlar fikr hamda mulohazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.