Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

Tumanimizda tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlandi

 

   Ma’lumki an’anaga ko‘ra har yili mamlakatimizda noyabr oyining 10 sanasida tibbiyot xodimlari kuni nishonlanadi. Urganch tumanidagi "Sherdor" tantanalar majmuasiga fidoyi tibbiyot hodimlari taklif etildi.

 

Tuman hokimi G'. Sultanov, Viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i S. Sodiqovlar bayram ishtirokchilarini qutlar ekan, ko‘p yillik samarali xizmatlari bilan soha ravnaqiga katta hissa qo‘shayotgan fidoyi tibbiyot hodimlar nomlarini alohida hurmat-extirom bilan tilga oldi. So‘ngra bir guruh ilg‘orlarga tuman hokimining maxsus faxriy yorliq va estalik sovg'alari tantanali ravishda topshirildi. San’atkorlarning dilrabo kuy qo‘shiqlari tantanaga yanada fayz qo‘shdi.