Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!

     30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Urganch  tumani "Ulli hovli" majmuasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

     Tadbirda tuman hokimi Gayratjon Po‘latovich, ishtirok etib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

     Shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi” gʻolib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

     Konsert dasturida viloyat hamda tuman madaniyat bo’limining iste’dodli xonandalari o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan yoshlarimizga yuqori kayfiyat ulashdi.

  Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.