Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

“Yashil makon-2023”

  Joriy yilning 25 oktabridan 1 dekabrigacha butun mamlakatimiz boʻylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Kuzgi koʻchat ekish mavsumi” mavzusida press –tur tashkil etildi.

     Mavsum boshlanishi oldidan Ommaviy axborot vositalari, Urganch tumanida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, madaniyat va sanʼat namoyandalari, taniqli sportchilar, yoshlar ishtirokida viloyat koʻrgazmali seminari oʻtkazildi.

 

   Seminarda viloyat hokimi Joʻrabek Raximov soʻzga chiqib, kuzda ekish uchun yetarli miqdorda vohamizning tuproq hamda iqlim sharoitiga mos mevali va manzarali daraxt koʻchatlari yetishtirilgani, endigi vazifa tayyor koʻchatlarni belgilangan muddatda, agrotexnologiya talablari asosida oʻtqazish va toʻgʻri parvarishlashni yoʻlga qoʻyishdan iborat ekanligini taʼkidladi.

     Tadbir yakunida nuroniylarning ezgu tilaklari bilan koʻchat ekishga kirishildi.

 Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.