Хоразм вилояти

Урганч тумани ҳокимлиги

Расмий веб сайти

Ишонч телефони
+998 (62) 352-28-43
info@urganchhokimiyat.uz
Мурожаат қолдириш

 

 

Urganch tumani yoshlarining harbiy qismga sayohati uyushtirildi.

Yoshlar oyligi doirasida yurtimiz yoshlarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Harbiy qismga katta qiziqish va bir olam hayajon bilan kelgan yoshlarni harbiy qism komandiri qarshi oldi. Iqtidorli o‘g‘il-qizlar shunga guvoh bo‘ldiki, yurtimiz mustahkam himoyalanmoqda. Hayratlarga boy bo‘lgan harbiylar ko‘rgazmasidan so‘ng harbiy qism komandiri boshchiligida samimiy suhbat uyushtirildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga harbiylardan javob oldilar. Ushbu sohaga qiziqishi ortgan yoshlarga harbiy qism tomonidan mardlik va jasorat tuyg‘ularini oshirishga qaratilgan adabiyotlar sovg‘a qilindi. Ulkan taassurotlar bilan harbiy qismni tark etayotgan yoshlarning o‘ziga ishonchi va faxr tuyg‘usi ortdi.

Urganch tumanida yoshlar oyligi davom etadi!